Green Card–2025: Eng ko‘p o‘rin o‘zbekistonliklarga nasib etdi

Green Card–2025: Eng ko‘p o‘rin o‘zbekistonliklarga nasib etdi
  • 0
  • 13.05.2025 12:32:00
  • 1 daq o'qish

 

AQSHning 2025-yilgi Green Card (DV-2025) lotereyasi natijalari e’lon qilindi. 55 ming nafar doimiy yashash vizasidan 5,5 mingdan ortig‘i o‘zbekistonliklarga nasib etdi — bu eng yuqori ko‘rsatkich.
Kentukki shtatidagi konsullik markazi g‘oliblarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Dastur immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 203(c) qonun bo‘limiga asoslanadi. 131 ming kishi dastlabki ro‘yxatga kiritilgan, chunki hamma ham keyingi bosqichlarni yakunlamasligi mumkin.
Texnik xatolik sabab O‘zbekiston Yevropa mintaqasida qayd etilgan. Aslida Osiyo davlatlari ichida 1-o‘rinda turadi. Keyingi o‘rinlarda Eron va Afg‘oniston bor.
DV-2026 lotereyasida esa quyidagi mamlakatlar aholisi qatnasha olmaydi: Hindiston, Pokiston, Xitoy, Bangladesh, Meksika, Filippin, Nigeriya va yana bir qator davlatlar — chunki bu mamlakatlardan so‘nggi 5 yilda AQSHga 50 mingdan ortiq kishi immigratsiya qilgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News