Gretsiyada voyaga yetmaganlarga tamaki yoki alkogol sotganlar va sotib olishga yuborganlar jazolanadi 

Gretsiyada voyaga yetmaganlarga tamaki yoki alkogol sotganlar va sotib olishga yuborganlar jazolanadi 
  • 0
  • 02.07.2025 09:40:00
  • 1 daq o'qish

 

Endilikda Gretsiyada bolalarga tamaki yoki spirtli ichimlik olib kelishni topshirganlar ham, ularni sotganlar ham jinoyat sodir etgan hisoblanadi. Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, tamaki va alkogol mahsulotlari faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida sotiladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Adonis Georgiadis bu tartib yoshlarni zararli odatlardan himoya qilishga qaratilganini aytdi. Qonun, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ataylab spirtli ichimlik bergan barmen va ofitsiantlarga ham qat’iy jazoni nazarda tutadi.

Bu chora Yevropa Ittifoqida tamaki mahsulotlariga soliq va narxlarni oshirish harakatlari fonida amalga oshmoqda. Shu bilan birga, Afina narxlarni keskin oshirish iqtisodiyotga zarar yetkazishidan xavotirda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News