
- 6
- 14.05.2024 16:28:00
- 1 daq o'qish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berishicha 2023/2024-o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri cheklangan holda o‘tkaziladi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarga ko‘ra:
– 2024-yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;
– maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;
– maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.
Shuningdek, turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bitiruv tadbirlari uchun o‘quvchilardan pul yig‘ish, o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi taqiqlanadi.