“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida bitiruvchilarning sochi yonib ketdi

  • 0
  • 26.05.2025 15:54:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri vaqtida maktab bitiruvchilarining sochlari yonib ketgani aks etgan video keng tarqaldi. Hodisa o‘quvchilar binodan tashqariga chiqayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Videoda sharlar quyosh ta’sirida qizib, ketma-ket portlagani va oqibatda olov qizning sochlariga o‘tib, yong‘in kelib chiqqanini ko’rish mumkin. Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News