
- 5
- 19.10.2026 13:16:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Google Pay — Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan raqamli hamyon va elektron to‘lov tizimi bo‘lib, foydalanuvchilarga bank kartalarini smartfon yoki aqlli soatga bog‘lab, plastik kartadan foydalanmasdan to‘lov qilish imkonini beradi.
Xizmatning ishga tushirilgani Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” tadbirlari doirasida ma’lum qilindi.