
- 0
- 26.08.2025 11:17:00
- 1 daq o'qish
Rossiyalik ustalar yana ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylanishdi. Bu safar Qozon shahrida g‘ayrioddiy sport maydonchasi paydo bo‘ldi. Darvozalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri panjaraning orqasiga o‘rnatilgan bo‘lib, bu konstruksiya ijtimoiy tarmoqlarda katta kulgiga sabab bo‘ldi.
Holatni videoga olgan muallif ushbu g‘ayrioddiy yechimni “teshib bo‘lmas darvoza” deb atagan.
Oldinroq, Balashixa shahrida futbol maydonchasining bir qismi quvurlarni ta’mirlash uchun kovlab tashlanganib, ishlar tugagach, ishchilar maydonni to‘liq tiklash o‘rniga, qolgan qismini “zabor” bilan o‘rab qo‘yishgandi.
Sizningcha, bunday stadionda nechta gol urish mumkin? Variantlaringizni izohlarda yozib qoldiring.