😵 Global isish uyquda nafas to‘xtash holatlarini oshirmoqda

😵 Global isish uyquda nafas to‘xtash holatlarini oshirmoqda
  • 0
  • 24.06.2025 14:36:00
  • 1 daq o'qish

 

Avstraliyaning Flinders universiteti uyqu bo‘yicha mutaxassisi Bastien Leshatning yangi tadqiqotga ko‘ra, global isish tufayli odamlar orasida uyqu paytida nafas olishning to‘xtab qolishi – ya’ni uyqu apnoesi holatlari keskin oshmoqda. U 41 davlatdagi 116 ming kishining uyqu ma’lumotlarini tahlil qilib, issiq kechalarda bu holatlar 45% ko‘proq uchrashini aniqladi.
2023-yilning o‘zida bu muammo 785 ming yilga teng sog‘lom umr yo‘qotilishiga olib kelgan va global iqtisodiyotga 30 milliard dollarlik zarar yetkazgan.
Issiq tunlar hatto sog‘lom odamlarda ham uyqu sifatini pasaytirmoqda. Tadqiqotga ko‘ra, kechalari +27°C atrofida bo‘lgan hududlarda uyqudagi muammolar salqin joylarga nisbatan sezilarli darajada ko‘p. Ayniqsa, konditsionerlar kam tarqalgan Yevropada ta’sir kuchliroq bo‘lgan.
Mutaxassislar global isishga qarshi choralar ko‘rish, sovitish vositalaridan foydalanish va uyqu muhitini yaxshilashni tavsiya qilmoqda. Aks holda, bu holat kelgusi o‘n yilliklarda ikki-uch baravar kuchayishi mumkin.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News