
- 0
- 30.07.2025 16:13:00
- 1 daq o'qish
London Iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi olimlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, inson faoliyati tufayli yer yuzida ikki yangi fasl — tutun fasli va fasli shakllangan. Bu holat ekotizimlarga zarar yetkazib, millionlab inson salomatligiga tahdid solmoqda.
🔹 Tutun mavsumi har yili iyun–sentyabr oralig‘ida Janubi-Sharqiy Osiyoda kuzatiladi. Indoneziya va Malayziyada torfzorlar yondirilishi natijasida tutun Singapur va Tailandga yetib boradi.
🔹 Chiqindi mavsumi esa Hindiston shimolida kuzda boshlanadi — hosil qoldiqlari yoqilishi Divali bayrami bilan to‘g‘ri keladi.
🔹 AQSHda o‘rmon yong‘inlari mavsumi endi bahorda boshlanib, dekabrgacha davom etmoqda.
Tadqiqotchilar bu hodisalar global iqlim o‘zgarishini kuchaytirayotgani va yangi normal holatga aylanayotganini ogohlantirmoqda.