
- 5
- 25.07.2025 15:15:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tumanida mashinada ketayotgan qizning oynadan tanasini chiqarib video olayotgani aks etgan video tarqaldi. Tekshiruvlar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquq-tartibot organlari bu kabi harakatlar hayot uchun xavfli ekanini eslatib, bunday qoidabuzarliklarga qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.