Germaniyaning kasbga o‘qitish tizimi O‘zbekistonda joriy qilinadi

Germaniyaning kasbga o‘qitish tizimi O‘zbekistonda joriy qilinadi
  • 5
  • 27.04.2023 08:36:00
  • 1 daq o'qish

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Germaniyaning Tyuringiya federal yeri Iqtisodiyot, ilm-fan, raqamli texnologiyalar vaziri Volfgang Tifenzeye bilan uchrashdi.

Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi, bandlik, kasb-hunarga o‘rgatish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Erfurt kasbiy ta’lim markazi o‘rtasida kelishuv imzolandi.  

O‘zbekistonlik kasb-hunar o‘rganuvchilar 4 ta yo‘nalish (asbobsoz chilangar, texnik-mexatronika, bino va inshootlar texnik holati sozlovchisi, tiklanadigan energiya uskunalarini sozlovchi texnik) bo‘yicha Yevropa standartlari asosida o‘qitiladi. “Ishga marhamat” monomarkazlarida nemis tilini o‘qitish kurslari tashkil etiladi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News