Germaniyada odamlarni “kelajakda tiriltirish” uchun muzlatish xizmati ishga tushdi

Germaniyada odamlarni “kelajakda tiriltirish” uchun muzlatish xizmati ishga tushdi
  • 1
  • 15.05.2025 16:23:00
  • 1 daq o'qish

Germaniyada faoliyat yuritayotgan Tomorrow Bio startapi odamlarni o‘limidan keyin kelajakda tiriltirish maqsadida muzlatib saqlash xizmatini yo‘lga qo‘ydi.  Jasadlar -198°C gacha sovitilib, “biostaz” holatiga o‘tkaziladi va biologik jarayonlar to‘xtatiladi.Mijozlarga butun tana yoki faqat miyani muzlatish tanlovi beriladi. Butun tanani muzlatish narxi 200 ming yevro, miyani muzlatish esa 75 ming yevro turadi.
Hozirga qadar kompaniya olti odam va beshta uy hayvonini muzlatgan, yana 650 kishi ro‘yxatda kutmoqda. Muzlatilgan jasadlar maxsus tez yordam mashinalari orqali Shveysariyadagi asosiy muassasaga yetkaziladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News