Germaniyaning sinov raketasi portlab ketdi

Germaniyaning sinov raketasi portlab ketdi
  • 0
  • 03.04.2025 14:21:00
  • 1 daq o'qish

Germaniyaning Isar Aerospace kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Spectrum” raketasi ilk sinov parvoz paytida Andoya kosmodromidan uchirilganidan taxminan 30 soniya o‘tib boshqaruvni yo‘qotdi va dengizga qulab tushib portladi.
Raketa kichik va o‘rta o‘lchamdagi sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 1 000 kg gacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan. 
Kompaniya sinov natijalarini tahlil qilib, kelajakdagi parvozlar uchun o‘z tizimlarini takomillashtirishni rejalashtirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News