
- 8
- 26.08.2024 16:41:00
- 1 daq o'qish
Stenford universiteti olimlari uylar va infratuzilmani o‘rmon yong‘inlaridan himoya qilishga yordam beradigan yangi gel ishlab chiqdi. Ushbu gel uzoq vaqt davomida namlikni saqlab turish va yong'indan samarali himoya qilish imkonini beruvchi noyob xususiyatlarga ega. Oldingi gellar faqat 90 soniya davomida olovga bardosh bera olardi va qo'llanilgandan keyin 45 daqiqa ichida yaroqsiz bo'lib qolgan. Yangi gel esa binoni 7 daqiqagacha himoya qilishi mumkin.