G'azoda qurbonlar soni 50 mingdan oshdi

G'azoda qurbonlar soni 50 mingdan oshdi
  • 2
  • 25.03.2025 09:17:00
  • 1 daq o'qish

Isroilning G‘azoga hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 50 mingdan oshdi, 113 mingdan ortiq kishi yaralandi. Halok bo‘lganlarning 17 ming nafari bolalar. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bu faqat tibbiy muassasalarda ro‘yxatga olinganlar soni ekanligini, yana qancha odam bedarak ketgani yoki vayronalar ostida qolgani noma’lumligini ta’kidladi. Isroil armiyasi HAMAS a'zolarini nishonga olayotganini aytmoqda, ammo tahlilchilar halok bo‘lgan tinch aholi soni boshqa narsani ko‘rsatayotganini aytishdi.   

Ikki oylik sulhdan so‘ng, Isroil G‘azoga aviazarbalarni qayta tikladi va dastlabki hujumlarda 400 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News