G‘azoga ketayotgan yordam kemasi dron hujumiga uchradi

  • 1
  • 02.05.2025 15:04:00
  • 1 daq o'qish

Malta yaqinidagi xalqaro suvlar hududida G‘azoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan The Conscience kemasi dron hujumiga uchradi. Hujumdan so‘ng kemada yong‘in chiqqan, biroq bortdagi 16 kishi jarohat olmagan. Faollar bu hujum ortida Isroil turgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Isroil armiyasi hodisani o‘rganayotganini bildirgan. Shu bilan birga, G‘azoda oziq-ovqat tanqisligi kuchaygani va xalqaro tashkilotlar yordam yetkazishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani ta’kidlanmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News