
- 7
- 27.03.2023 14:33:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
750 gr pomidor,
1 dona yashil qalampir,
1 dona kichkina bodring
1 dona kichkina piyoz
1 boʻlak sarimsoq
Yarimta limon suvi
4 osh qoshiq zaytun yogʻi,
2 boʻlak nonning ichki qismi,
Tuz
Tayyorlanishi:
Pomidor, qalampir, bodring va piyozni katta-katta toʻgʻrab olib, chuqurroq kosaga soling
Sarimsoqni ikkiga boʻlib soling
Nonning ichki qismini, limon suvi, zaytun yogʻi va tuzni soling,
Barcha masalliqlarni blenderdan oʻtkazing,
Boshqa bir kosaning ustiga suzgich qoʻyib aralashmani suzgichdan oʻtkazing,
Agar xohlasangiz suv qoʻshishingiz yoki ichida kubik shakldagi muzlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.