O‘zbekistonga Afg‘onistondan gaz tankerlari eksport qilindi

O‘zbekistonga Afg‘onistondan gaz tankerlari eksport qilindi
  • 10
  • 20.10.2023 14:33:00
  • 1 daq o'qish

Afg‘onistonning Hirot viloyatida ishlab chiqarilgan gaz tankerlari ilk bor O‘zbekistonga eksport qilindi, deb xabar bermoqda Afg‘oniston milliy televideniyesi.

Gaz tashishga mo‘ljallangan tankerlarni Hirot viloyatidagi “Ohan burish” xususiy korxonasi ishlab chiqaradi.

Korxona rasmiylari, ushbu tankerlar Amerika standartiga muvofiq ekani hamda kompaniya Turkiya nazorati ostida mahsulot ishlab chiqarishini aytdi.

Hirotdagi “Tolibon” mulozimlari ushbu gaz tankerlarini O‘zbekistonga eksport qilish marosimida, hozirda mamlakatga sarmoya kiritish uchun har qachongidan ham ko‘proq imkoniyatlar borligini va “Tolibon” hukumati sanoatchilarning muammolarini hal qilishga bel bog‘laganini ta’kidlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News