Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portlab ketdi

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portlab ketdi
  • 7
  • 06.12.2024 14:03:00
  • 1 daq o'qish

O‘rta Сhirchiq tumani, “Kim Pen Xva” MFY, Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in chiqib, oqibatda 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, Prokuratura, IIB, SSB, “Hududgazta’minot” rahbar xodimlari yetib borgan. 
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News