- 1
- 05.05.2025 16:03:00
- 1 daq o'qish
5-may kuni ertalab “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gaz bosim bilan otilib chiqdi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborilgan.
Hodisa joyi xavfsizlik xizmatlari tomonidan o‘rab olingan, barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda kon hududi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” va maxsus harbiylashgan guruhlar nazoratida.
Rasmiy xabarda ta’kidlanishicha, gaz chiqishi yaqin atrofdagi aholi punktlariga xavf tug‘dirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 27-mart kuni ham ayni quduqda shunga o‘xshash holat qayd etilgan, 22-aprelda esa fontanlanish to‘xtab, sust gaz oqimi (grifon) kuzatilgandi. Avariyani bartaraf etish ishlariga xorijiy mutaxassislar ham jalb etilgan.