Qimor oʻyinlari

 Qimor oʻyinlari
  • 8
  • 13.12.2024 14:23:00
  • 1 daq o'qish

🎰 Qimor oʻyinlariga qaramlikni oldini olish uchun unda sarflash mumkin boʻlgan pul limiti qoʻyiladi. Bu borada Hukumatning “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, stavkalar va oʻyinlarning yagona davlat registri yuritiladi. Unda oʻyinchilar, cheklovlar, shuningdek, oʻyinlarda sarflash mumkin boʻlgan mablagʻlar boʻyicha limitlar hamda moliyaviy tranzaksiyalar yuritiladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan Oʻzbekistonda tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News