G'ilmindi

G'ilmindi
  • 9
  • 08.03.2023 12:53:00
  • 1 daq o'qish

🥛Masalliqlar:

500 gr un
200 ml suv
100 ml sut
100 gr shakar
150 gr saryog‘

🧈Tayyorlanishi:

Suv, sut, va tuz solinib xamir qoriladi. Xona haroratida 15 minutga olib qo‘yiladi.
Xamir mayda bo‘laklarga bo‘linib yupqa qilib yoyib ozgina yog‘da tovada bittalab pishirib olinadi.
Suvga un solib quyuq holatiga keltirilib sut ustidan solinib olovga qo‘yib tinmay aralashtirilib turiladi. Qaynab chiqqandan keyin shakar solinib yana 5daqiqa qaynatiladi.
Tayyorlab olingan g‘ilmindi xamirining yarmiga atala solinib yarmi yopiladi.
Tovaga sariyog‘ solib erigandan so‘ng ichiga sutli aralashma solinib tayyor qilingan g‘ilmindini yog‘ga nomiga botirib olamiz va idishga ustma yoki o‘rab terib chiqamiz.

Issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News