- 6
- 18.03.2023 10:41:00
- 1 daq o'qish
“Lazzat dunyosi” sahifasi ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek taomi – g‘ilmindi retseptini ulashadi. O‘zbek milliy taomlari orasida unutilayozgan ushbu mazali taomning retseptini saqlab qo‘yishni unutmang 🥞
🥛Masalliqlar:
500 gr un
200 ml suv
100 ml sut
100 gr shakar (ta’bga ko‘ra)
150 gr saryog‘
🧈Yupqani tayyorlash:
Idishga suv va tuz solinib xamir qoriladi. Xona haroratida 15 daqiqaga olib qo‘yiladi.
Xamir mayda bo‘laklarga bo‘linib, yupqa qilib yoyib, ozgina yog‘da tovada bittalab pishirib olinadi.
🍵Atalani tayyorlash:
Suvga un solib quyuq holatiga keltiramiz, qozonga sut solib aralashmani quyamiz va tinmay aralashtirilib turiladi. Qaynab chiqqandan keyin shakar solinib, yana 5 daqiqa qaynatiladi.
Eslatma: Atalaga shakar qo‘shmasangiz ham bo‘ladi.
Yupqalarning yarmiga atala solib, yarmi yopiladi.
Tovaga sariyog‘ solib erigandan so‘ng ichiga atala solingan yupqalarni yog‘ga botirib olamiz. Atala solingan yupqani yog‘ga solmasdan ham yeyish mumkin.
Issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin😍
Yoqimli ishtaha😋