Furqat Siddiqov AQSH prezidenti Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi

Furqat Siddiqov AQSH prezidenti Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi
  • 8
  • 02.05.2023 08:07:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning AQSHdagi yangi elchisi Furqat Siddiqov prezident Jo Bayden bilan uchrashib, ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

2017-yildan beri O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Javlon Vahobov ishlab kelayotgandi. 2-aprel kuni u O‘zbekistonning AQSH, Kanada va Braziliyadagi elchisi lavozimidagi faoliyatini yakunlab, O‘zbekistonga qaytib kelgan. Mart boshlarida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi etib tasdiqlangan, apreldan esa u lavozimda ish boshlagan.

Furqat Siddiqov 1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini UzDaewoo Electronics qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi sifatida boshlagan.

2015—2020-yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi, 2020—2022-yillarda tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2022-yilning 14-noyabridan beri tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News