- 11
- 12.08.2023 12:58:00
- 1 daq o'qish
Jazirama issiq kunlarida muzdekkina kokteylga nima deysiz? Bugun “Lazzat dunyosi” jamoasi sizga mazzali va hammaga birdek yoqadigan “Mevali kokteyl” retseptini ulashadi. Tayyorlab ko‘rishni va yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang🥰
🍶Masalliqlar:
🍑3 dona shaftoli
🍌3 dona banan
🍦500 gr muzqaymoq
🥛500 ml sut
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Banan va shaftolini yirik qilib to‘g‘raymiz va blender yordamida ezib olamiz.
- So‘ngra muzqaymoq va sutni ham solib, yana blendrda aylantiramiz.
- Tayyor bo‘lgan koktetylni xohishga qarab bezatib, bolajonlarni va uydagilarni xursand qilamiz.
Yoqimli ishtaha😋