
- 1
- 18.07.2026 10:52:00
- 1 daq o'qish
Biskviti uchun:
4 dona tuxum
1 stakan shakar
1 stakan sut
1 stakan o‘simlik yog‘i
2 osh qoshiq kakao
1,5 qadoq razrixlitel
2 stakan un
Ichiga:
2 dona yirik banan
300 gr qulupnay
Biskvitni namlash uchun:
1,5 stakan sovuq sut
Kremi uchun:
1 litr sut
1 stakan shakar
2 osh qoshiq un
3 osh qoshiq kraxmal
1 dona tuxum sarig‘i
1 osh qoshiq sariyog‘
Tayyorlanishi:
Birinchi tuxum va shakar yaxshilab ko‘pirtirib olinadi. So‘ng, sut va o‘simlik yog‘i qo‘shiladi. Oxirida, kakao, un va razrixlitel solinib, bir xil massa bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan biskivit xamiri yog‘langan patnisga quyilib, 170°C da ustki-pastki rejimda pishiriladi. Pechdan chiqqan biskvit 5 daqiqa dam oldirilib, ustidan sovuq sut quyiladi. Keyin, ustiga to‘g‘ralgan banan va qulupnay terib chiqiladi. Kremi uchun qozonga sut, shakar, un, kraxmal, tuxum sarig‘i va sariyog‘ solinib, doimiy aralashtirgan holda, quyuq massa hosil bo‘lguncha pishirib olinadi. Tayyor issiq krem mevalar ustidan quyiladi. Tort ustini shokolad bilan bezatishingiz mumkin. Dasturxonga tortishdan oldin, 3-4 soat muzlatkichda tindirib oling.
Yoqimli ishtaha! 🍓🍰