
- 0
- 02.09.2025 12:38:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 2-sentabrdan boshlab avtomobillarni Piskent poligonida sinovdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinishini ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida mamlakatda rasmiy dilerlar va servis markazlari sonining keskin oshgani hamda iste’molchilarning ular bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani ko‘rsatildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 21 ta xorijiy kompaniya faoliyat yuritib, 100 dan ortiq avtomobil modeli uchun turini ma’qullash hujjatlarini olgan. Agentlikning ta’kidlashicha, import avtomobillarning sifati va xavfsizligi doimiy ravishda nazorat qilinadi, agar nomuvofiqliklar aniqlansa, ular bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.