- 7
- 02.10.2023 14:50:00
- 1 daq o'qish
2023-yil 15-oktyabrdan boshlab dastlab 28 ta tuman (shahar)larda eksperiment tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
15-oktyabrdan nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish yoki chiqarish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
2023-yil 15-oktyabrdan boshlab talabgorlarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish (undan chiqarish) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Manba: xabardor.uz