8-10 noyabr kunlari Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarish bo‘ladi

8-10 noyabr kunlari Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarish bo‘ladi
  • 6
  • 07.11.2023 10:15:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitini o‘tkazish ishlari doirasida 8−10-noyabr kunlari ayrim ko‘cha yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakati cheklanishi sababli, avtobus yo‘nalishlarining faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Islom Karimov ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun to‘liq yopilishi sababli, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi:

  • 51-sonli yo‘nalish harakati I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob, Beshyog‘och, Furqat ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 141-sonli yo‘nalish harakati Qoratosh ko‘chasidan Furqat, A.Navoiy, Olmazor ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 196-sonli yo‘nalish harakati Afrosiyob ko‘chasidan Beshyog‘och, Furqat, A.Navoiy ko‘chalari orqali, keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi.
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News