1-noyabrdan avtomobillarga davlat raqamlarini berish to‘lovlari o‘zgaradi

1-noyabrdan avtomobillarga davlat raqamlarini berish to‘lovlari o‘zgaradi
  • 3
  • 11.08.2023 08:11:00
  • 1 daq o'qish

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i asosida avtomobil raqamlarini berish uchun to‘lovlar miqdori o‘zgartiriladi. 2023 yil 1 noyabrdan avtomobil raqamlarini berish uchun to‘lovlar miqdori quyidagicha bo‘ladi:
1. Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
2. Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida;
3. Tranzit RO‘DRB uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida;
4. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
5. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta davlat raqami belgilarini berish uchun to‘lov miqdorlari 2011 yilda belgilangan va shundan buyon o‘zgarmagan edi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News