
- 0
- 13.05.2025 16:20:00
- 1 daq o'qish
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi vizasiz rejim to‘g‘risidagi bitim 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Bitimga muvofiq, tomonlar davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.
❗️Agar fuqarolar 30 kundan ortiq qolishlari kerak bo‘lsa, ular kirish vizasini oldindan olishlari lozim. Bu rejim mehnat, o‘qish, media faoliyati yoki ruxsat talab qilinadigan boshqa faoliyatlar uchun amal qilmaydi.
Shuningdek, Gongkong va Makao hududlariga tashrif buyurishga nisbatan amal qilmaydi.