
- 4
- 30.04.2024 15:48:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda 1-iyuldan chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oshirilganda 1 foiz miqdorida keshbek qaytariladi hamda to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda keshbek qaytarish tartibi bekor qilinishi belgilanmoqda.
Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan cheklar uchun keshbek 2022-yildan berila boshlagandi.
2024-yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik keshbek summasiga chegaraviy miqdor o‘rnatildi.