
- 0
- 16.06.2025 09:57:00
- 1 daq o'qish
Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko‘ra, endilikda jinsini o‘zgartirgan fuqarolar o‘z ism, familiya va otasining ismini (FIO) o‘zgartirish uchun ariza berishi mumkin. Buning uchun sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan jins o‘zgarishi haqidagi tibbiy xulosa talab etiladi. Avval FIOni o‘zgartirish faqat tarixiy va milliy an’analarga asoslangan holda mumkin edi. Endi esa jins o‘zgarganligi ham asos bo‘la oladi.
“Masalan, Dilshod ismi hech qanday to‘siqlarsiz Dilshodaga o‘zgartirilishi mumkin” – deb yozdi sobiq deputat Rasul Kusherbayev. (https://t.me/r_kusherbayev/10146)
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra FIO quyidagi holatlarda ham o‘zgartiriladi:
* davlat tili to‘g‘risidagi qonunga binoan;
* sud qarori asosida;
* ismi/familiyasi noxush eshitilsa;
* milliylikka mos kelmasa;
* turmush qurishdan oldingi familiyaga qaytish istagi bo‘lsa;
* oila a’zolari bir xil familiya olishni xohlasa;
* ota/ona yoki vasiy familiyasini olish istagi bo‘lsa;
* otalik belgilanganda (16 yoshdan so‘ng);
* jins o‘zgartirilganda.