Farg‘onada yuk poyezdi mashinani urib yubordi

  • 7
  • 22.02.2025 14:27:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda poyezd mashinani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, 19-fevral kuni Farg‘onaning Marg‘ilon shahridagi  Oxunboboyev va Marg‘ilon bekatlari oralig‘ida Nexia-3 harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezdni “ilon izi” usulida aylanib o‘tishga uringan. Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News