
- 0
- 04.08.2025 08:16:00
- 1 daq o'qish
Rossiya Davlat Dumasi deputatlari migrant bolalarga bepul ta’lim berishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda deputat Yaroslav Nilov ma’lum qildi. Loyiha 1–11-sinflar oralig‘idagi chet ellik o‘quvchilarga pulli ta’lim joriy etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ular rus tilini bilish bo‘yicha testni faqat 3 marta topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Avval bu loyiha rad etilgandi, ammo hozir yangilangan ko‘rinishda qayta taqdim etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan boshlab Rossiyada migrant bolalarni maktabga qabul qilishdan oldin rus tili bo‘yicha test joriy etilgan. Shu kungacha 3,6 mingdan ortiq bola test topshirishga ariza bergan, ulardan 270 nafari muvaffaqiyatli o‘tgan.