100 ta maktabga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

100 ta maktabga bepul avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi
  • 6
  • 20.07.2024 14:13:00
  • 1 daq o'qish

 Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodov 2024/25-o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Bu tizim autsorsing asosida ishlashi va o‘quvchilarni maktabga o‘z vaqtida borishlariga yordam berishi ta’kidlandi.

❗️Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida respublikaning olis va chekka hududlarida joylashgan 715 ta maktab o‘quvchilari uchun avtobuslarning bepul qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News