Messi va Ronaldudan qolishmaydigan “Forvard-xonim”

Messi va Ronaldudan qolishmaydigan “Forvard-xonim”
  • 0
  • 11.08.2025 13:12:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonda “forvard-xonim” kashf etildi. Muhokamalar markazidagi videoda oddiy qishloq ayoli to‘p bilan muomala qilishda professional futbolchilardan qolishmasligini ko‘rish mumkin. 
U koptokni oyog‘idan tushirmasdan arqonda sakraydi, to‘p bilan jonglyor qiladi, yosh raqibini aldaydi. 
Videoga qoldirilgan izohlar esa undan ham qiziqarli. “Mamaldinyo, Allo, Mbappe? Xayr! Ronaldu yoki Messi — kim zo‘r, degan mavzuni endi yopish mumkin” deya ayolning ijrosidan hayratga tushishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News