Sobiq vazir va prezident maslahatchisi Jo‘rabekov vafot etdi

Sobiq vazir va prezident maslahatchisi Jo‘rabekov vafot etdi
  • 5
  • 29.09.2025 12:43:00
  • 1 daq o'qish

Davlat va jamoat arbobi, Suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi. Jo‘rabekov 1931-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, uzoq yillar davomida O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari, Suv xo‘jaligi vaziri, Davlat agrosanoat qo‘mitasi raisi, Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi kabi yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Mustaqillik yillarining boshlarda u davlat boshqaruvida faol bo‘lgan va keyinchalik suv xo‘jaligi tizimida maslahatchi sifatida ishlagan. U ko‘p yillik xizmatlari uchun “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” kabi ordenlar, shuningdek, faxriy unvonlar bilan taqdirlangan.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News