Istanbul sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li qamaldi

Istanbul sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li qamaldi
  • 6
  • 17.07.2025 13:05:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Istanbul shahri sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li mansabdor shaxsni omma oldida haqorat qilganlikda aybdor deb topilib, 1 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Sud hukmiga ko‘ra, uning siyosiy faoliyatiga cheklov qo‘yilmadi.

Jinoiy ish 2025-yil yanvarida Imomo‘g‘lining Istanbul bosh prokurori Oqin Gurlek sha’niga aytgan noma’lum bayonotlariga asoslangan. Sud jarayoni Silivri shahridagi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lib o‘tdi.

Prokuratura Imomo‘g‘li uchun 2 yil 8 oydan 7 yil 4 oygacha qamoq va siyosiy taqiq so‘ragan edi. Biroq sud faqat ozodlikdan mahrum qilish bilan cheklangan.

Imomo‘g‘li ayblovlarni rad etib, ishni siyosiy bosim natijasi deb atadi. U 2025-yil mart oyida korrupsiya va terrorchilikka aloqadorlik ayblovlari bilan hibsga olingan edi. Siyosatshunoslar uni prezident Erdo‘g‘anning asosiy raqibi deb hisoblashadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News