Open Budget uchun pedagoglardan majburiy pul yig‘ish va ovoz berish taqiqlanadi!

Open Budget uchun pedagoglardan majburiy pul yig‘ish va ovoz berish taqiqlanadi!
  • 5
  • 13.03.2025 08:42:00
  • 1 daq o'qish

Open Budget uchun pedagoglardan majburiy pul yig‘ish va ovoz berish taqiqlanadi! – Maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maktab o‘qituvchilari va MTT xodimlarini ortiqcha ishlarga jalb qilish, xususan “Tashabbusli byudjet” loyihasiga hamda asossiz mablag‘ yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.
Vazirga ko‘ra, Quva tumanidagi maktab direktorlaridan biri o‘qituvchilarning maoshidan Open byudjet’da ovoz yigʻish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgani uchun ishdan olingan.
“Lekin tizimda baʼzan jamoaga notoʻgʻri talablar qoʻyayotgan, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish topshiriqlarini berayotgan, bir soʻz bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan masʼullar ham uchrab turibdi”, deb yozadi vazir Telegram kanalida.
Shu munosabat bilan Hilola Umarova pedagoglardan majburiy ovoz berishga jalb qilish kabi holatlar uchraganda vazirlikka murojaat qilishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 11-martdan “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Ovoz berish 20-martgacha davom etib, g‘oliblar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi. 
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News