
- 4
- 27.05.2024 10:14:00
- 1 daq o'qish
Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 30 futbol klubi reytingini e’lon qildi. Yevropa jamoalari uchun berilgan daromad ko‘rsatkichlari 2022—2023-yilgi mavsum uchun tegishli. Dunyoning eng qimmat 30 ta futbol jamoasining o‘rtacha qiymati 2,3 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,1 foizga ko‘p.
Shunday qilib, dunyoning eng qimmat klubi — “Real Madrid”. Uning qiymati 6,6 milliard dollarni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” joylashgan. Narxi: 6,55 milliard dollar, daromad: 785 million dollar, sof foyda: 187 million dollar. Reytingning eng yaxshi uchligini “Barselona” yakunlab turibdi, uning qiymati 5,6 milliard dollarni tashkil etgan, klubning daromadi esa 840 million yevroni tashkil etadi, klubning operatsion daromadi esa minus 145 million yevro.