
- 0
- 05.05.2025 15:57:00
- 1 daq o'qish
Toshkent metropolitenida ilk bor ayol mashinistlar ish boshladi. Hozirda ular murabbiylar nazorati ostida faoliyat yuritmoqda, ammo tez orada mustaqil ravishda ishlashadi.
Tanlovda Toshkent metropoliteni xodimlaridan 16 nafar ayol tanlab olinib, ular 11 oy davomida o‘qitilgan.
Sevara Eshmirzayeva: “Bolaligimda metroda mashinistlarni ko‘rib, ayollarni shu ishga olishadimi, deb o‘ylardim. Endi esa hammasi o‘zgardi,” deydi u.
Toshkent metropoliteni ayol mashinistlarni tayyorlash uchun maxsus kurslar tashkil qilgan. Nomzodlar texnik sohada o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, shuningdek, 20-35 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak edi.