- 0
- 27.05.2025 16:04:00
- 1 daq o'qish
Bugun, 27-may kuni Zominda kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel yuzaga keldi. Sel soy o‘zanidan oshib, mahalla hududidan o‘tgan avtomobil yo‘liga chiqib, loyqa va tog‘ jinslarni oqizib kelgan. Natijada yo‘lning bir qismida harakat vaqtincha to‘xtagan.
FVV, IIV, mahalliy hokimiyat va tegishli xizmatlar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, muhandislik texnikalari yordamida tozalash ishlarini olib bordi. Ayni paytda avtomobil harakati qisman tiklangan.
O‘zgidromet 28-maydan 2-iyungacha kutilayotgan yomg‘irlar sabab tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.