“Duxovkada baliq”

  • 11
  • 18.11.2023 08:36:00
  • 1 daq o'qish

🐠Baliqni sevuvchilar uchun, barcha vitaminlarini o‘zida saqlab qoladigan “Duxovkada baliq” pishirish retseptini sizlarga taqdim etamiz. Albatta tayyorlab ko‘rib oila a’zolaringizni xursand qiling. Bizni belgilash esdan chiqmasin.🥰

🍽Masalliqlar:

🐟Baliq;
🥔Kartoshka;
🍅Pomidor;
🧄Sarimsoq;
🍋Limon;
🧂Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar;


👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni sous tayyorlab olishdan boshlaymiz.
Pomidor va sarimsoqlarni qirg‘ichdan chiqarib, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar solamiz.
So‘ngra 100 gr yog‘ solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Yaxshilab tozalangan va yuvilgan baliqni avval yaxshilab tuzlab olamiz.
So‘ngra sousni baliqning ichiga va ustiga surtamiz.
Patnisga maxsus qog‘oz solib, baliqni joylashtiramiz.
Yonlariga kartoshka va pomidorlarni chiroyli qilib terib chiqamiz.
Ustidan ortib qolgan sousni quyib chiqamiz.
Qizib turgan duxovkaga 200 gradusga 1 soatga qoldiramiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News