- 0
- 07.05.2025 16:38:00
- 1 daq o'qish
Karib dengizi hududida yuzaga kelgan kuchli tropik dovul natijasida noodatiy holat kuzatildi – shamol kuchidan ayrim baliqlar havoga ko‘tarilib, turli yo‘nalishlarda uchib ketdi. Hududdagi guvohlarning aytishicha, kuchli shamol va yomg‘ir tufayli dengiz sathidan ko‘tarilgan suv baliqlarni ham havoga olib chiqqan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi hodisalar juda kam uchraydi, biroq tropik dovullar kuchli bo‘lsa, suv bilan birga yengil jonzotlar, jumladan, baliqlar ham shamol ta’sirida havoga ko‘tarilishi mumkin. Ayni vaqtda zarar ko‘rgan hududlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda.