⚡️ O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhi Haj safariga jo‘nab ketdi 

⚡️ O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhi Haj safariga jo‘nab ketdi 
  • 0
  • 13.05.2025 12:29:00
  • 1 daq o'qish

 

2025-yil 13-may kuni Haj safarini niyat qilgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Ularni kuzatish marosimida Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, ulamolar, imomlar va OAV vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, ziyoratchilar 9 ta shahardan — Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukusdan parvoz qiladi. Haj reyslari 28-mayga qadar har kuni amalga oshiriladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News