
- 3
- 28.07.2025 16:04:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Bursa shahrida yirik o‘rmon yong‘ini yuz berdi. 1 765 kishi evakuatsiya qilindi, 1 o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Yong‘in 3 ming gektardan ortiq hududni qamrab oldi.
Yong‘inga qarshi 1 900 o‘t o‘chiruvchi, 500 qutqaruvchi, 6 samolyot va 4 vertolyot jalb etilgan.
Mamlakat bo‘ylab jami 84 ta yirik yong‘inga qarshi kurash ketmoqda. Issiq havo va shamol yong‘inlarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda.