Texnoparkda yong‘in: ikki kishi halok bo‘ldi

Texnoparkda yong‘in: ikki kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 02.05.2025 12:37:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 1-may kuni ertalab Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi ko‘chasidagi texnopark hududida joylashgan sintifon ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi. Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonning buzilishi oqibatida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida sexning taxminan 700 kv.m maydondagi tomi, shifti va mahsulotlari yonib, zararlangan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News