
- 1
- 24.07.2025 15:50:00
- 1 daq o'qish
24-iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining “Xo‘jakent” MFY tog‘li hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Taxminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yongan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun FVV yong‘in-qutqaruv ekipajlari va maxsus texnikalar, jumladan vertolyotlar jalb etildi. Ayni paytda yong‘in o‘chirish ishlari davom etmoqda.