
- 0
- 25.08.2025 14:35:00
- 1 daq o'qish
Tojikistonda folbin va sehrgarlarga murojaat qilganlik uchun jarimalar joriy etildi. Dushanbeda Ma’muriy kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, folbin yoki sehrgar xizmatidan foydalangan fuqarolar 3 750–4 500 (4 845000-5 814000 so‘m) somonigacha jarimaga tortiladi.
Bir yil ichida takrorlansa, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Huquq-tartibot organlari fuqarolarni bunday amaliyotlardan tiyilishga chaqirmoqda.