
- 8
- 12.10.2024 14:56:00
- 1 daq o'qish
— Oʻzbekistondagi doʻstona munosabat, ajoyib mehmondoʻstlik va ayniqsa Braziliya - Argentina uchrashuvidagi oʻziga hos muhitdan juda taʼsirlangan holda yozmoqdaman. Avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek Bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vaziri Adham Ikramov va Sizning boshchiligingizdagi futbol assotsiatsiyasi, birinchi vitse-prezident Ravshan Irmatov hamda Toshkent, Andijon, Buxoro shaharlarida mehnat qilgan barchaga rahmat aytamiz. FIFA mamlakatingiz futboli rivojiga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllashga doim tayyor. Siz bilan tez fursatda yana uchrashish umididaman va eng yaxshi tilaklarni yoʻllab qolaman, deyilgan rasmiy maktubda.